AdsBoard

Targetolog uchun Meta reklama hisoboti

Bir nechta reklama kabineti va o'nlab klient — bitta ekranda. Qaysi klientning budjeti tugayapti, qaysi reklama arzon lid keltiryapti — hisob-kitobsiz, darhol ko'rinadi.

Karta kerak emas. Ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa.

Nima qiladi

Klient bo‘yicha budjet

Har klientga budjet qo'yasiz — dastur sarfni o'zi sanaydi va qoldiqni ko'rsatadi. Budjet tugayotgani Telegramga xabar bo'lib keladi.

Lidlar va CPL

Natija Ads Manager'dagidek hisoblanadi: kampaniya maqsadiga qarab forma lidi, xabar yoki qo'ng'iroq. Bitta lid necha pulga tushgani darhol ko'rinadi.

Qarz va qoldiq

Kartadan hali yechilmagan summa alohida turadi. Qancha pul kerak bo'lishini oldindan bilasiz.

Daromad va harajat

Klientlarning oylik to'lovlari, montaj va boshqa harajatlar — oylik sof foyda o'zi chiqadi.

Telegram bot

Budjet ogohlantirishlari, to'lov va akkaunt holati — hammasi botda. Saytga kirmasdan ham xabardor bo'lasiz.

Rasmiy Meta API

Parolingizni so'ramaymiz. Ulanish Facebook'ning rasmiy OAuth'i orqali, faqat o'qish uchun — reklamangizga tegilmaydi.

Qanday boshlanadi

  1. 1Ro'yxatdan o'tasiz — saytda yoki Telegram botda
  2. 2Facebook kabinetingizni rasmiy tugma orqali ulaysiz
  3. 3Klient qo'shib, uning reklamalarini biriktirasiz
  4. 4Budjet, lid va CPL o'zi hisoblanib turadi

Narx

99 000 UZSoyiga

  • Cheksiz klient va reklama kabineti
  • Telegram bot va ogohlantirishlar
  • Daromad/harajat hisobi
  • O'zbek, rus va ingliz tili
7 kun bepul boshlash

Avval 7 kun bepul sinab ko'rasiz. Karta talab qilinmaydi.

Savollar

Facebook parolimni berishim kerakmi?

Yo'q. Ulanish Facebook'ning o'z sahifasida bo'ladi, biz parolni ko'rmaymiz va so'ramaymiz. Ruxsatni istalgan payt bekor qilasiz.

Reklamamga zarar yetmaydimi?

Dastur faqat o'qiydi: statistikani oladi. Reklama yaratmaydi, o'zgartirmaydi, to'xtatmaydi va budjetingizni sarflamaydi.

Raqamlar Ads Manager bilan bir xilmi?

Ha, raqamlar Meta'ning rasmiy API'sidan olinadi. Meta statistikani bir necha kun davomida aniqlashtiradi — shuning uchun juda yangi kunlarda kichik farq bo'lishi mumkin.

Nechta reklama kabineti ulasam bo'ladi?

Cheklov yo'q. Bir nechta kabinet bitta hisobotga yig'iladi.

Ulanish Meta'ning rasmiy Marketing API'si orqali, faqat o'qish uchun.